Ulteriori informazioni
Mazkur qo'llanmada yozuvchi Shukur Xolmirzayevning nasridagi obrazlar tahlil qilinadi. Obrazlarning o'ziga xos jihatlari, ruhiyati, tabiat bilan jonli tarzda mushtarakligi va betakror tashbehlar vositasida tasvirlangan oddiy va ravon tilda yozilgan hikoyalari markazida turuvchi sujet chizgisi yakka bir obraz misolida yuzaga chiqadi. Jumladan, sadoqat, burgut, qushlar, Qo'ziboy chol obrazining bevaqt o'limi, ovchi, tabiat, ona, qahramonlar ruhiyati, nafs, takabbur inson, hayvonlar, kuy, umid, irodali ayol, insoniylik, vijdon, bolalar obrazi, mehr, ko'ngil va do'stlik timsollari kitobxonga yanada tushunilishi oson bo'lishi maqsadida izohlangan. Shukur Xolmirzayev nasridagi tabiiylik insonni yanada o'qishga, ishtiyoqini kuchaytirishga va shu bilan birga ichki kechinmalarni ham chuqur his qilib, har bir hikoyadagi obraz bilan birga yashashga undaydi.
Info autore
Qo'ziyeva Shahrizoda G'ayrat qizi Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi.