Read more
Darslik "Fizikadan tajriba namoyishlarini yaratish va ko'rsatish metodikasi." fani bo'yicha namunaviy dasturlar asosida tayyorlangan bo'lib, 60530900 - Fizika ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda "Fizikadan tajriba namoyishlarini yaratish va ko'rsatish metodikasi." fani bo'yicha nazariy va amaliy materiallar, topshiriqlar, bilimlarni nazorat qilish savollar, mustaqil ishlash uchun topshiriqlar majmuasi keltirilgan. Ushbu darslik fizika fanini o'qitish jarayonida tajriba namoyishlarini tashkil etish, rejalashtirish va samarali ko'rsatish bo'yicha keng qamrovli metodik qo'llanma sifatida ishlab chiqilgan. Fizika o'qituvchilari, talabalar va fan sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan ushbu qo'llanma tajribalarni amaliy va nazariy jihatdan tashkil qilishning eng muhim usullarini o'z ichiga oladi. Darslikning asosiy maqsadi - o'quvchilarda fizik jarayonlar va qonuniyatlarni chuqur tushunishni shakllantirish, ularda ilmiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish hamda dars jarayonini qiziqarli va interaktiv qilishdan iborat.
About the author
Raxmanov V.T. -GulDU, fakulteti "Fizika" kafedrasi dotsenti, (PhD).Tursunmaxatov K.I. - GulDU, fakulteti "Fizika" kafedrasi dotsenti, (PhD).Nafasova G.B.-GulDU", fakulteti "Fizika" kafedrasi, o'qituvchisi.Mirzayev D.A.-GulDU, fakulteti "Fizika" kafedrasi, o'qituvchisi.Nafasov G'.A.-GulDU , "Matematika" kafedrasi dotsenti, (PhD) p.f.f.d.